«Arsenal» Xulian Alvares uchun 80 million yevro va Gyokereshni taklif qildi
Transfer taqdiri futbolchining o‘ziga bog‘liq.
Londonning «Arsenal» klubi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shish istagidan voz kechmayapti.
Sport xabariga ko‘ra, «kanonirlar» argentinalik hujumchi uchun Madrid klubiga 80 million yevro va o‘zining forvardi Viktor Gyokereshni taklif qilgan.
«Arsenal» Alvaresga yiliga 25 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Bu futbolchining hozirgi maoshidan qariyb ikki baravar ko‘p.
Transfer taqdiri futbolchining o‘ziga bog‘liq. Alvares avval «Manchester Siti» safida Angliyada o‘ynagan va hozircha Premyer Ligaga qaytishga katta qiziqish bildirmayapti.
Uzoq vaqt davomida Xulian Alvares uchun asosiy da’vogar «Barselona» hisoblangan. Biroq «Atletiko» o‘zining asosiy futbolchisini bevosita raqiblaridan biriga sotishni istamayapti.