Mixailo Mudrik «Chelsi»ni ijara asosida tark etishi mumkin
London klubi «Strasburg»ga ijara asosida o‘tish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor.
«Chelsi»ning ukrainalik vingeri Mixailo Mudrik katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa klubda ijara asosida davom ettiradi. Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining London klubidan ijara asosida ketishi deyarli hal bo‘lgan.
Romano Mudrikka «Lids» tomonidan qiziqish borligini ham tasdiqladi. «Chelsi» ingliz klubining dastlabki taklifini rad etgan, biroq tomonlar muzokaralarni davom ettirishi mumkin.
London klubi «Strasburg»ga ijara asosida o‘tish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. «Strasburg» va «Chelsi» umumiy egalarga ega. Mudrikning o‘zi esa APLda qolish va faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Diskvalifikatsiyasi bekor qilinganidan so‘ng ukrainalik futbolchi «Chelsi» safida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. U «Yuventus», «Milan» va «Darul Takzim»ga qarshi bahslarda jami 39 daqiqa o‘ynadi.
Avvalroq Mudrikka APLning 2026/27-yilgi mavsumida ishtirok etayotgan «Koventri» ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.