Toni Kroos: «Oltin to‘p Xvicha Kvaratsxeliyaga berilishi kerak»
Balki u g‘olib bo‘lmas, ammo eng yaxshi futbolchi u bo‘ldi.
Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to‘p»ga munosib ekanini ta’kidladi.
Gruziyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «PSJ»ga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Biroq Kvaratsxeliya JCH-2026da ishtirok etmadi. Shu sababli uning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi imkoniyatlari past baholanmoqda.
" «Oltin to‘p» Kvaratsxeliyaga berilishi kerak. Balki u g‘olib bo‘lmas, ammo eng yaxshi futbolchi u bo‘ldi.
Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilari — Messi, Mbappe, Bellingham va Rodri klublarida o‘rtacha mavsum o‘tkazishdi. Kvara esa ularning barchasidan ustun bo‘ldi va hozirgi vaqtda eng kuchli klubda o‘ynaydi", — dedi Kroos.
Kvaratsxeliya o‘tgan mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.